Ayolning qon bosimi keskin tushib, hushidan ketgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik shifokor bortkuzatuvchilar bilan birga qariyb bir soat davomida unga yordam ko‘rsatgan. Natijada yo‘lovchi hushiga kelib, nafas olishi tiklangan.

"Bunday vaziyatda eng muhimi — sarosimaga tushmaslik, xotirjamlikni saqlash va harakat qilish. Shifokorlik — bu kasb, inson hayoti esa bebaho", — degan Bahodir Komilov.