Hujum Carrefour, Monoprix, Intermarché va Coopérative U kabi yirik chakana savdo tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatgan. Buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilishga to‘g‘ri kelgan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar millionlab yevroni tashkil etadi.

Le Parisien nashrining yozishicha, hujumchilar Daniyaning Danfoss kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlardagi dasturiy ta’minot zaifligidan foydalanishgan. Bu kamchilik 2026-yilning yozidan beri ma’lum bo‘lsa-da, u hech qachon bartaraf etilmagan. Parij prokuraturasi, shuningdek, uskunalar yonib ketishi holatlari kuzatilganini ham ma’lum qilgan. Xakerlarning kimligi hozircha aniqlanmagan.