Quyida shunday so‘zlarning bir qismini e’tiboringizga havola qilamiz:

 

ABDAV (Jizzax) Tomdan yog‘in suvi tez oqib tushib ketishi uchun tom sathida qilinadigan qiyalik; obdov.

ABDIRA (Iqon) Sandiq.

ABRAV q. obrav. – Shu abravda mening qadamim tegmagan joy qolmagan, hamma biladi.

ABRIK (Qashqadaryo) Binafsha rang mayda gullar ochadigan chala buta tog‘ o‘simligi.

ABRO‘K q. abrik. Keng dala.

ABRO‘Y (Jizzax) q. Abrik

ADAN (Xorazm) Poygak.

ADARG‘I (Surx.-Qashq.) Qoqma gilamni to‘qish uchun alohida o‘rmaksoz.

ADAS 1. Yasmiq. 2. (Samarqand) Burchoq.

ADOQ (Qashqadaryo) Quyi.

ADOQ-BOSH q. Bosh-adoq.

ADOQLAMOQ I (Qashqadaryo) Quyiga qarab yurmoq.

ADOQLAMOQ II (Jizzax, Qashqadaryo) Tugamoq.

AHMOLLAMOQ Bo‘g‘izlamoq.

AHMON-DAHMON // ahman-dahman (Jizzax, Qashqadaryo) Bahor boshlanishidagi sovuq kunlar bo‘lib, 4–10 martga to‘g‘ri keladi.

 

Manba: Musayeva Feruza, “O‘zbek xalq so‘zlari” lug‘at kitobi.

 

Hasan Abdugʻaniyev tayyorladi.